Ilk o‘zbek huquqshunos ayoli - Xadicha Sulaymonova 1913-yil3-iyul Andijon shahrida Sulaymon Kelginboyevlar oilasida tavallud topgan. Yoshligidan ilmga chanqoq qiz “Nurxon” voqeasidan so‘ng huquqshunoslik olamiga kirib keladi. 1931-yilda to‘qqiz yillik rus tezum maktabini tamomlab, Sovet qurilishi va huquq iliniy tadqiqot institutining tayyorlov kursida o'qiy boshladi. Bir yildan keyin Toshkentda tashkil etilgan Jahon Obidova nomidagi Sovet qurilish va huquq institutining ikkinchi kursiga o‘qishga qabul qilinadi. Xadicha Sulaymonova xalq sudyasi bo‘lib ishlay boshladi. 1935-yilning oxirida yigirma ikki yoshida respublika Oliy sudi a’zoligiga saylandi. 1945-yil SSSR Adliya komissarligi huzuridagi Butunittifoq yuridik fanlar institutida dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va huquqshunoslik fanlar nomzodi ilmiy darajasini oldi. 1950-yil Xadicha Sulaymonova “O‘zbekistonda jinoyat huquqining vujudga kelishi va rivojlanishi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, Toshkent davlat yuridik instituti jinoyat huquqi kafedrasining professori bo‘ladi. 1954-yilda Toshkent yuridik institutiga direktor qilib tayinlanadi va shu yili Respublika Oliy soveti prezidiumi farmoniga ko‘ra “O'zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” faxriy unvoni bilan taqdirlanadi. 1955-yilning iyul oyida yuridik institut tugatilib, O‘rta Osiyo universitetining yuridik fakultetiga aylantiriladi. Olima fakultet dekani vazifasida ishlaydi va ayni paytda “Jinoyat huquqi” kafedrasiga mudirlik qiladi. Ilmiy faoliyati davomida ko‘plab ilmiy va ommabop maqolalar yozadi, darsliklar bitadi. Xadicha Sulaymonova O‘zbekiston SSR adliya vaziri, Oliy sud raisi, xalq sudyasi, yuridik fanlar doktori, professor, O‘zbekiston SSR fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekiston SSR da xizmat ko‘rsatgan fan arbobi kabi ilmiy unvon va lavozimlarda bo‘lgan. Bugungi kunda uning nomi bilan sud-ekspertizasi markazi, stipendiyalar ta’sis etilgan.