Nashr qilingan sana: 02 March 2026
Toshkent davlat yuridik universiteti Ommaviy huquq fakulteti talabasi Xakimxoʻjayeva Sevdo tomonidan Xadicha Sulaymonova hayoti va ilmiy faoliyatini targʻib qilish maqsadida "Xadicha Sulaymonova - yoshlar nigohida" nomli tanlov tashkil etildi.
👥Tanlovda 70 dan ortiq talabalar ishtirok etib oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi. Natijalarga koʻra quyidagi jamoalar gʻolib deb topildi:
🥇 Biznes huquqi va sud himoyasi fakulteti "Legal vision" jamoasi
🥈 Ommaviy huquq fakulteti "Aura" jamoasi
🥉 Jinoyat odil sudlov fakulteti "UNO" jamoasi
🏅 TDYU huzuridagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyi "Dominant" jamoasi
🏆Gʻolib boʻlgan jamoalarni tabriklaymiz🎉🎉🎉
Bizni kuzatishda davom eting, keyingi gʻolib siz boʻlishingiz mumkin.